Osmon bilan yer1:1 izohiga qarang.
…suv chiqib… — yoki …bugʻ koʻtarilib….
odamibroniycha matndagi odam (adam) va tuproq (adama) soʻzlari ohangdoshdir.
marvarid — yoki xushboʻy yelim.
Kushibroniycha matnda Kush soʻzi odatda Misrdan janubda joylashgan yerlarni bildiradi. Bu yerlar hozirgi Sudan va Efiopiya mamlakatlarining bir qismini oʻz ichiga olgan edi. Biroq bu oyatda hozirgi Eronning gʻarbidagi yerlar nazarda tutilgan boʻlishi mumkin.
…Xotin…erkakdan…ibroniycha matndagi xotin (isha) va erkak (ish) soʻzlari ohangdoshdir.
1Cor.15.45
Gen.3.22; Rev.2.7; Rev.22.2
1Sam.15.7
Dan.10.4; Gen.10.11-Gen.10.12
Gen.15.12; 1Sam.26.12
Matt.19.5; Mark.10.7; 1Cor.6.16; Eph.5.31
Mundarija
Lugʻat

Kirish

Ibtido kitobi Tavrotning birinchi kitobidir. Mazkur kitobda olamning yaratilishi, inson zotining paydo boʻlishi, Isroil xalqining kelib chiqishi toʻgʻrisida soʻz yuritiladi. Butun borliqni, yer yuzidagi jamiki xalqlaru shohliklarni, insoniyat tarixini yagona Xudo boshqarishiga kitobda alohida urgʻu beriladi.
Ibtido kitobining birinchi qismida (1-11–boblar) olam va insoniyatning Ibrohim paygʻambargacha boʻlgan davri hikoya qilinadi. Xudo hamma narsani juda ajoyib qilib yaratgan edi, lekin ilk yaratilgan ikki inson — Odam Ato bilan Momo Havo Xudoga itoat etmadilar. Ularning itoatsizligi tufayli dunyoga gunoh kirib keldi. Insonlar shu qadar gunohga botib ketdilarki, Nuh paygʻambardan va uning oilasidan tashqari, jamiki insoniyatni qirib tashlash uchun Xudo yer yuziga toʻfon yuborishga qaror qildi. Nuh va uning oilasi Xudoga itoat etardi, shuning uchun Xudo Nuhga: “Oʻzingni, oilangni, hayvonlar va qushlarning har bir turini saqlab qolish uchun katta kema yasa”, deb amr etdi. Toʻfondan keyin odamzod yana yer yuzi boʻylab yoyildi. Lekin ularning koʻpchiligi yana Xudoga itoat etmay qoʻydi.
Ibtido kitobining qolgan qismi (12-50–boblar) Ibrohim va uning xonadoni tarixiga oid voqealarni qamrab oladi. Xudo Ibrohim xonadonini, Oʻzimning xalqim qilaman, deb tanlab oladi. Ibrohim va uning xotini Sora befarzand edilar, lekin Xudo ularga farzand vaʼda qilib, oʻsha farzand orqali jamiki xalqlarga baraka berishini aytadi.
Xudoning amri bilan Ibrohim va Sora oʻzlarining ona yurtini tark etib, Kanʼon yurtiga koʻchib boradilar. Xudo bu yurtni ularning nasliga berishni vaʼda qilgan edi. Ibrohim bilan Sora ancha keksayib qolganlarida, Xudo Oʻz vaʼdasini bajarib, ularga oʻgʻil ato etadi, ular oʻgʻlining ismini Isʼhoq qoʻyadilar. Isʼhoq ikki oʻgʻil koʻradi, oʻgʻillariga Yoqub va Esov deb ism qoʻyadi. Yoqub oʻn ikki oʻgʻil koʻradi. Ular Isroilning oʻn ikki qabilasiga asos soladilar.
Kitobning oxirida Yoqubning oʻgʻli Yusuf haqida hikoya qilinadi. Yusufning aka–ukalari uni Ismoiliy savdogarlarga qul qilib sotib yuborishadi. Lekin vaqti kelib, Yusuf Misr hokimi boʻladi. Shu orqali u qahatchilik davrida Misr xalqini va otasi Yoqubning butun xonadonini qutqarib qoladi. Mazkur kitobning mohiyati shundan iboratki, Xudo insoniyat taqdirini boshqaradi, yuz berayotgan hamma hodisalarni nazorat qiladi, hatto insonning yomon niyatiyu qabih ishlarini Oʻzining ezgu rejasini amalga oshirish uchun ishlatadi. Misr yurtida Yusuf aka–ukalariga shunday deydi: “Sizlar menga ravo koʻrgan yomonlikni Xudo yaxshilikka ishlatdi. Son–sanoqsiz odamlarni saqlab qolish uchun U meni shu yerga olib keldi.” (Ibtido 50:20)


Muqaddas Kitob
http://ibt.org.ru/muqaddas-kitob/lotin
Muqaddas Kitob (2016) Zamonaviy oʻzbek tilidagi tarjima, izohlar va qoʻshimcha maʼlumotlar ilova qilingan. Mazkur nashr Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti tomonidan Oʻzbekiston Bibliya jamiyati bilan hamkorlikda tayyorlangan

ISBN 978-5-93943-213-9

© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016



Creative Commons: by-nd: © Институт перевода Библии; Информацию о лицензии этого издания можно найти здесь: https://wiki.creativecommons.org/images/d/d4/Attribution_3.0_%D0%A1%D0%A1_BY-ND_rus.pdf

Муқаддас Китобни таржима қилиш институти
Институт перевода Библии, 101000 Москва, Главпочтамт, а/я 360
ibt_inform@ibt.org.ru
Orqaga
Yopish
:
1 Shunday qilib, osmon bilan yer hamda ulardagi jamiki narsalar yaratildi.
2-3 Yettinchi kuni Xudo barcha yaratish ishlarini bitirib, dam oldi. Xudo yettinchi kuni hamma ishlaridan dam olgani uchun bu kunni muborak qildi, uni muqaddas deb boshqa kunlardan ajratdi.
4 Osmon bilan yerning yaratilishi ana shulardan iboratdir.

Adan bogʻi

Parvardigor Egamiz osmon bilan yerni yaratgan paytda
5 yer yuzida na biron oʻt, na biron giyoh ungan edi. Chunki Parvardigor Egamiz hali yerga yomgʻir yogʻdirmagan, yerga ishlov beradigan biron kimsa yaratmagan edi.6 Lekin yer ostidan suv chiqib, butun yer yuzini sugʻorardi.7 Shundan keyin Parvardigor Egamiz yerning tuprogʻidan odamni yasadi va uning burun teshigidan puflab, jon ato etdi. Shunday qilib, odam tirik jon boʻldi.8 Parvardigor Egamiz sharqda — Adan degan joyda bogʻ barpo qilib, Oʻzi yaratgan odamni oʻsha boqqa qoʻydi.9 Keyin Parvardigor Egamiz yerdan chiroyli, lazzatli meva beradigan har xil daraxtlarni oʻstirdi. Bogʻning oʻrtasida esa hayot daraxtini va yaxshilik bilan yomonlikni bilish daraxtini oʻstirdi.
10 Adandan bir daryo oqib kelib, bogʻni sugʻoradi va oʻsha yerda toʻrt irmoqqa boʻlinadi.
11 Birinchi irmoqning nomi Pishon boʻlib, butun Xavila yeri boʻylab oqadi. Bu joyda oltin bor.12 Oʻsha yerning oltini juda ham tozadir. U yerda marvarid va aqiq toshlar ham bor.13 Ikkinchi irmoqning nomi Gixoʻn boʻlib, butun Kush yeri boʻylab oqadi.14 Uchinchi irmoqning nomi Dajla boʻlib, Ossuriya shahrining sharqidan oqib oʻtadi. Toʻrtinchi irmoqning nomi Furotdir.
15 Shunday qilib, Parvardigor Egamiz, bu odam boqqa ishlov bersin, parvarish qilsin deb, uni Adan bogʻiga joylashtirdi.
16 Parvardigor Egamiz unga shunday amr qildi: “Sen bogʻdagi hamma daraxtning mevasidan bemalol yeyaver.17 Lekin yaxshilik va yomonlikni bilish daraxtining mevasidan yemaysan, undan yeyishing bilanoq, shubhasiz, oʻlasan.”
18 Soʻngra Parvardigor Egamiz: “Odamning yolgʻiz boʻlishi yaxshi emas, unga munosib sherik yarataman”, dedi.
19 Shunday qilib, U tuproqdan har xil hayvonlarni va har xil qushlarni yaratdi. “Bu jonivorlarni odam koʻrib qanaqa nom berarkin”, deya ularni odamning oldiga olib keldi. Odam har bir jonivor uchun nom tanladi.20 Odam hamma chorvaga, qushlarga va yovvoyi hayvonlarga nom berdi. Lekin hamon odamga munosib sherik yoʻq edi.21 Shu boisdan Parvardigor Egamiz uni qattiq uxlatib qoʻydi. Odam uxlab yotganda, Xudo uning qovurgʻasidan bittasini olib, oʻrnini berkitib qoʻydi.22 Parvardigor Egamiz odamning qovurgʻasidan xotin kishini yaratdi va uni odamning oldiga olib keldi.23 Shunda odam aytdi:
“Nihoyat, bu mening suyaklarimdan paydo boʻlgan suyakdir,
Mening etimdan yaralgan etdir.
U Xotin deb atalgay,
Chunki u erkakdan yaratilgandir.”
24 Shuning uchun erkak kishi ota–onasidan boʻlak boʻlib, xotiniga bogʻlanib qoladi, ikkalasi bir tan boʻladilar.
25 Odam bilan xotini qip–yalangʻoch yurardilar, bir–birlaridan uyalish hissini sezmasdilar.